tavsiya !
Tashriflar soni: 14

 Ideal jamiyat

💬 Pul yo‘q, hamma teng va baxtli hayot kechiradigan jamiyat haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

✍️ Tomas Mor «Utopia» asarida shunday ideal jamiyat haqida so‘zlaydi.

U yerda:

  • hech kim kambag‘al emas;
  • hech kim och emas;
  • hech kim jinoyat qilmaydi.

Lekin savol bor:
Agar hamma narsa ideal bo‘lsa…
inson o‘zi qanday bo‘ladi?

💭 Balki muammo jamiyatda emas, insonning o‘zidadir?

👉 Siz shunday jamiyatda yashashni xohlarmidingiz?

  📚Ushbu kitoblarni o’qishni tavsiya etamiz! 📚

Romitan tumani Axborot-kutubxona markazi

Har_oyda_bir_kitob !
Tashriflar soni: 31

      Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida” PQ-9-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 31-mart kuni Romitan tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Har oyda bir kitob” tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tanlovda Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etdilar. Tanlov Said Ahmadning “Qorako’z majnun” hikoyasi asosida o’tkazildi. Ishtirokchilar hakamlar tomonidan oqilona baholanib borildi.
Tanlov yakunida go`liblar taqdirlandilar.

Romitan tumani Axborot-kutubxona markazi

Jadid dramaturgiyasining atoqli namoyandasi Abdurauf Fitrat 140 yoshda!
Tashriflar soni: 40

⚡️⚡️2026-yil 24-Mart kuni faol kitobxonlar bilan birgalikda Jadid dramaturgiyasining atoqli namoyandasi Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlab kitob ko‘rgazma va asarlari taqdimoti o‘tkazildi.
🎍🎍🎍Abdurauf Fitrat-o‘zbek adabiyoti va ma’rifatparvarlik tarixida muhum o‘rin tutgan jadid adibi, dramaturg , publisist va siyosiy arbobdir. Uning ijodi millatni uyg‘otish, marifatni yoyish va erkin fikrni targ‘ib qilish.
📌📌📌 Garchi har bir inson beshikdan to qabrgacha tarbiya olish qobiliyatiga ega bo‘lsa-da, lekin uni bolalikdan tarbiyalash ta’sirliroq va juda muhimdir.
Abdurauf Fitrat

    📗📗📗Abdurauf Fitrat -jadidchilik harakatining yetakchi namoyondalaridan,             u eski maktab tizimini tanqid qilib, yangi tizimdagi ta’limni qo‘llab -quvvatladi. Uning asarlarida jamiyatni isloh qilish, xalqni ilm-ma’riifatga chorlash asosiy o‘rin egalladi.

📚📚📚Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

SHOIR QALBIDA YASHAGAN O‘ZBEKISTON!
Tashriflar soni: 29

( O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligi)

(virtual ko`rgazma)

Inson_huquqlari_qonun_himoyasida !
Tashriflar soni: 16

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risida»gi PQ-46 son Qarori hamda O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi va uni amalga oshirish bo’yicha «Yo’l xaritasi» da belgilab qo’yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 17-Mart kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida «Inson huquqlari qonun himoyasida» nomli kitob kòrgazmasi tashkil qilindi.
⌛⌛⌛Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan «Inson huquqlari qonun himoyasida» nomli kitob kòrgazmasi tashkil qilinib, kòrgazmaga sohaga oid adabiyotlar joylashtirildi.

📌📌📌Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

Koʼchma_kutubxona !
Tashriflar soni: 9

📘📘📘2026-yil 17-Mart kuni aholi va yoshlarning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash, shuningdek, kitobxonlikni targʻib qilish maqsadida Romitan tuman Mudofaa bo’limida Axborot-kutubxona markazi tomonidan ko’chma kutubxona tashkil qilindi. Ko’chma kutubxonada o’zbek mumtoz adabiyoti, jahon adabiyotining durdona asarlaridan tashkil topgan kitoblar o’rin olgan.

📚📚📚Romitan tuman Axboror-kutubxona markazi

Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz !
Tashriflar soni: 28

🌹🌸📚 2026-yil 15-fevraldan 15-mart kunlari «Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat baxtlidir» shiori ostida «Ayollarni e’zozlash» oyligini o’tkazish bo’yicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 11-mart kuni Romitan tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” tadbiri doirasida tumandagi «Ibn Sino» mahallasida kutubxona bazasidagi QR-kodli elektron kitoblarning targ‘iboti hamda kutubxona bazasi haqida ma’lumotlar taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilariga asarlarning QR-kod shakllari va ulardan foydalanish texnologiyalari haqida tushunchalar berildi.

Romitan tumani Axborot-kutubxona markazi

Milliy_libos_millat_koʼrki !
Tashriflar soni: 18

⚡⚡⚡2026-yil 10-mart kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida «Milliy va ma’naviy qadriyatlar» nomli rasmli va adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi.
🥀🥀🥀 Mamlakatimizda milliy liboslar targ‘ibotini kuchaytirish, yosh avlod ongiga millat ruhiyatini singdirish, ular hayotiga o‘zbekona mentalitet me’yorlarini olib kirish hamda milliy liboslarga mehr uyg‘otish maqsadida ko’rgazma tashkil etildi.
🎆🎆🎆 Ko’rgazmada milliyligimizni aks ettiruvchi ma’lumotlar, qadimiy obidalar va milliy urf-odatlarimizga doir kitoblar joylashtirildi.

📚📚📚Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

Ayol borki, olam munavvar !
Tashriflar soni: 28

MA`RIFAT_SOATI milliy_libos milliy_do`ppi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-5040-sonli qarori hamda tuman Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi 2026-yil bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 3-mart kuni Romitan tumani Axborot-kutubxona markazida 8-mart-Xotin-qizlar kuni munosabati bilan uning mohiyati, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini targ’ib etishga qaratilgan «Ayol borki, olam munavvar» mavzusida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi.

Romitan tumani Axborot-kutubxona markazi

Eng faol kitobxonlar!
Tashriflar soni: 38

📚📚📚Romitan tumani Axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlari!

🌏👩‍🎓👨‍🏫👩‍💻👩‍💼👨‍💼Sizlar ham shu o’rinda bo’lmoqchimisiz?

Kitob mutolaasiga barchani chorlab qolamiz!

Romitan tumani Axborot-kutubxona markazi