Xotin-qizlar huquqlari: Gender tenglik-taraqqiyot kafolati !
Tashriflar soni: 72

      ⚡⚡⚡  Bugungi kunda inson qadr-qimmati, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash g‘oyasi demokratik islohotlarning eng muhim harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Shu jumladan, xotin-qizlarning huquqlari va erkinliklari har qanday jamiyatda muhim o‘rin tutadi. Bu masala faqat bir mamlakatda emas, balki global miqyosda ham e’tibor talab qiladi.
🌈🌈🌈 Romitan tuman Axborot -kutubxona markazida «Xotin-qizlar huquqlari: Gender tenglik-taraqqiyot kafolati» mavzusida kitob ko‘rgazma tashkil etildi.

Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

Tavsiya !
Tashriflar soni: 30

Aziz o’quvchi!

      Ushbu roman fransuz dramaturgi va romannavis Fransuaza Saganning adabiyotdagi ilk katta janrdagi urinishi edi.
     U nashr etilgan yilning o'zidayoq qator sovrinlarga loyiq ko'rildi va keyinchalik ushbu asar asosida ko'plab filmlar ishlandi.
  Yozuvchining ushbu romani syujetining o'tkirligi, dramatizmga boyligi, ruhiy-psixologik teranligi bilan boshqa asarlaridan ajralib turadi.
    Muallif ayol va erkakning ichki dunyosini, o'y-kechinmalarini haqqoniy tasvirlaydi. 
    Mutolaadan so'ng inson ruhiy, olami haqidagi tasavvurlaringiz yanada kengayishiga aminmiz.

   Ushbu kitobni o’qishni tavsiya etamiz! 📚📚

Romitan tumani Axborot-kutubxona markazi

  

KITOBXON_ONALAR_KUNI
Tashriflar soni: 28

⌛⌛⌛Kitobxonlik madaniyatini oshirish xotin – qizlar orasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida 2025-yil 18-oktabr kuni Romitan tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari «KITOBXON ONALAR KUNI» munosabati bilan Tibbiyot markaziga tashrif buyurib, kitob taqdimoti oʻtkazdi.⚡️⚡️⚡️
📚📚📚 «Kitob mutolaasiga havas avvalo, oiladan boshlanishi, ota-onalar farzandlariga kitob o‘qishga mehr uyg‘otishi uchun o‘zlari kitobxon bo‘lishi kerak. Oilada ona kitobxon boʻlsa, farzandlar ham albatta kitobga oshno tutinadi. “Darsingni qil yoki kitob oʻqi”, deyish, tarbiya ham, taʼlim ham emas. Har bir ona oilada buning uchun eng avvalo, vaqt topib, farzandiga oʻzi namuna boʻlishi lozim. 📗📗📗
📌📌📌 Barcha onajonlarimizni kitobxonlikka chorlab qolamlz !

Romitan tuman Axborot kutubxona markazi.

Siz bilasizmi ?
Tashriflar soni: 36


                          📚📚📚2025-yil 14-noyabr kuni Romitan tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan «INFOLIB OʻZBEKISTON-2025» XIV MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI va V yosh kutubxonachilar forumi doirasida tumandagi aholi o’rtasida «Siz bilasizmi? nomli intellektual o’yin o’tkazildi.
Tadbir tumandagi mashhur sayohat manzili bo’lmish Choriqulboy ko’prigida tashkil etildi.
Mutaxassislar tomonidan tayyorlangan savollar aholi tomonidan yaxshi qarshi olindi va ular tomonidan minnatdorlik bildirildi. G’oliblarga munosib esdalik sovg‘alari hamda kitobxonlik chiptalari taqdim etildi.
Aholini kitobxonlikka qizqishlarini yanada oshirish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu loyiha barchada yaxshi taaassurotlar uyg’otdi.

Romitan tumani Axborot-kutubxona markazi 📖📚📚

Jadidchilik harakatining asoschisi !
Tashriflar soni: 28

📚📚📚2025-yil 14-noyabr kuni «INFOLIB OʻZBEKISTON-2025» XIV MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI va V yosh kutubxonachilar forumi doirasida Romitan tuman 1-son politexnikumida Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi , atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash maqsadida «Jadidchilik harakatining asoschisi» mavzusida davra suhbati va kitob koʻrgazmasi tashkil etildi . ✅✅✅

⚡️⚡️⚡️Davra suhbatida kitobxonlarga Mahmudxoʻja Behbudiyning hayoti va ijodi, darsliklari haqida maʼlumot berib oʻtildi. Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Mahmudxoʻja Behbudiy kitoblarini taqdimoti oʻtkazildi . 🔖🔖🔖

Romitan tuman axborot-kutubxona markazi 🏡🏡🏡

𝗕𝘂𝗿𝗮𝘁𝗶𝗻𝗼 𝘃𝗮 𝘂𝗻𝗶𝗻𝗴 𝘀𝗮𝗿𝗴𝘂𝘇𝗮𝘀𝗵𝘁𝗹𝗮𝗿𝗶 !
Tashriflar soni: 40

📌📌📌2025-yil 13-noyabr kuni Romitan tuman axborot-kutubxona markazida «INFOLIB OʻZBEKISTON-2025» XIV MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI va V yosh kutubxonachilar forumining doirasida 2-maktabning 2-“A” sinf o‘quvchilari bilan 𝗔. 𝗧𝗼𝗹𝘀𝘁𝗼𝘆𝗻𝗶𝗻𝗴 “𝗕𝘂𝗿𝗮𝘁𝗶𝗻𝗼 𝘃𝗮 𝘂𝗻𝗶𝗻𝗴 𝘀𝗮𝗿𝗴𝘂𝘇𝗮𝘀𝗵𝘁𝗹𝗮𝗿𝗶”asari asosida test sinovlari o‘tkazildi. Tadbirning maqsadi o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, o‘qigan asarlari yuzasidan fikr yuritish va bilimlarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Tadbir jarayonida bolalar faol ishtirok etib, o‘z bilim va qiziqishlarini namoyon etdilar.
📕📗📘Tadbir yakunida ishtirokchilar Axborot-kutubxona markazi tomonidan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

📚📚📚Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

«Betgerxonlik 2025» Kutubxonalar va ularning zamonaviy jamiyatdagi roli: Ilmiy izlanishlar, madaniy aloqalar va barqaror rivojlanishga ta’siri!
Tashriflar soni: 148

📚📚📚2025-yil 13-noyabr kuni Romitan tuman axborot-kutubxona markazida «INFOLIB OʻZBEKISTON-2025» XIV MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI va V yosh kutubxonachilar forumining doirasida «Betgerxonlik 2025» Kutubxonalar va ularning zamonaviy jamiyatdagi roli: Ilmiy izlanishlar, madaniy aloqalar va barqaror rivojlanishga ta’siri mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirni Axborot-kutubxona markazi bibliografi N. To’layeva olib bordi.
Mazkur davra suhbati tumandagi umumta’lim maktabi kutubxonachilari o’rtasida mahorat darsi shaklida bo’lib o’tdi.

 

Romitan tumani Axborot-kutubxona markazi 📖📚📚

«Shavkat Mirziyoyev jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi» nomli kitob-albomining taqdimoti !
Tashriflar soni: 24

📚📚📚2025-yil 12-noyabr kuni Romitan tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari «INFOLIB OʻZBEKISTON-2025» XIV MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI va V yosh kutubxonachilar forumining doirasida tumandagi 1-son politexnikumga tashrif buyurib, «Shavkat Mirziyoyev jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi» nomli kitob-albomining taqdimoti oʻtkazdi. ✅✅✅
📗📗📗 Taqdimotda ushbu kitobda Yangi Oʼzbekiston: strategik hamkorlik, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosatni aks ettiruvchi foto suratlar o’rin olganligi taʼkidlab o‘tildi. ⚡️⚡️⚡️
🔖🔖🔖Talabalar ushbu kitobni zo‘r qiziqish hamda mamnuniyat bilan qarshi olib, o‘zlariga kerakli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar. ⚡️⚡️

Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

Bir Vatan, bir el, bir bayroq !
Tashriflar soni: 29

📚📚📚2025-yil 12-noyabr kuni Romitan tuman markazida joylashgan Broadway sayilgohida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan «Bir Vatan , bir el , bir bayroq» shiori ostida «Bayroq estafetasi» oʻtkazildi. 📗📗📗

⚡️⚡️⚡️Ushbu estafetada Romitan tuman axborot-kutubxona markazi oʻzining kitob koʻrgazmasi bilan faol ishtirok etdi . ✅✅✅

»Chayon yili» asari asosida buktreyler !
Tashriflar soni: 30

📗📗📗2025-yil 11-noyabr kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida «INFOLIB OʻZBEKISTON-2025″ XIV MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI va V yosh kutubxonachilar forumining doirasida o`zbek adibi Uchqun Nazarovning »Chayon yili» asari asosida tayyorlangan buktreyler namoyish etildi.
Buktreyler namoyishida 2-umumta’lim maktabining faol kitobxonlari ishtirok etdi. Ushbu buktreylerni kitobxonlar zo’r qiziqish bilan qarshi oldi. Uchqun Nazarovning »Chayon yili» nomli kitobini o’qish tavsiya etildi.

Romitan tuman Axborot—kutubxona markazi📚📚📚