Kitob -ma’naviy ozuqa manbai !
Tashriflar soni: 7

📗📗📗2026-yil 13-aprel kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitob -ma’naviy ozuqa manbai” mavzusida tumanimizning yosh ijodkori Kelajak Markazi “Yosh qalamkashlar” klubi rahbari SH. Jamolova va klub a’zolari, tumandagi 1-2-umumta’lim maktabi oʿquvchilari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.


⚡️⚡️⚡️ “Yosh qalamkashlar” klubi rahbari SH. Jamolova so‘zga chiqib, Kitob – inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manba ekanligini hamda kitob o‘qigan inson mulohazali, bilimli bo‘lib, yuksak tafakkuri ila boshqalardan o‘zining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turishi haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi va o‘z qalamiga mansub bo‘lgan she’rlardan parchalar o‘qidi.
⭐️⭐️⭐️Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan yangi olingan adabiyotlar taqdimot qilinib, ushbu adabiyotlarni o‘qish tavsiya etildi.

📚📚📚Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi