Kitobxon onalar kuni !
Tashriflar soni: 3

2026-yil 15-may kuni Romitan tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Bobur” MFY, “Bobur” ko‘chasida istiqomat qiluvchi faol kitobxon ona — Hamroyeva Gavhar hamda unung oila a`zolari bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv hamda kitob taqdimoti tashkil etildi.

 Hamroyeva Gavhar kabi kitobxon onalar yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otib, ularni ilmli, vatanparvar va yuksak ma’naviyatli inson bo‘lib ulg‘ayishiga katta hissa qo‘shmoqda. Kitob mutolaasi bilan yashaydigan oilada mehr-oqibat, ahillik va tafakkur muhiti hukm suradi.

 Kutubxonamiz tomonidan “Kitobxon onalar” harakati doirasida olib borilayotgan bunday tadbirlar onalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish hamda oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi. Zero, kitob — qalblarni nurga to‘ldiradigan, insonni ezgulikka yetaklaydigan bebaho ma’naviyat manbaidir.


 Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi