Ichki turizm-ham sayohat, ham ziyorat!
May 07, 2024

Joriy yilning 7-may kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Romitan tuman bo’linmasi hamda tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Ichki turizm-ham sayohat, ham ziyorat” mavzusida “Ma’rifat soati” tumandagi O‘lkashunoslar muzeyida o‘tkazildi.

Ziyorat turizmi – hozirgi kunda keng tarqalgan turizm sohasi hisoblanadi. Ziyorat turizmi mohiyatan ziyoratgohlarni ziyorat qilish jarayonidir. Odatda, ziyoratlar diniy maqsadlar uchun kunlar, haftalar yoki hatto oylar davomida olib boriladigan uzoq safarlarni tashkil qiladi. Ular butun bir sayohatni o‘z ichiga olib, e’tiqodli odamlar o‘z dinlari bilan munosabatlarini mustahkamlash uchun boradigan maskanlardir.

Romitan tuman «O’lkashunoslar» muzeyida xaritalar, fotosuratlar, muzey eksponatlari, buyuk shaxslarning obod etilgan ziyoratgohlari, Naqshbandiya tariqatiga tegishli buyumlar joylashgan. Etnografiya boʻlimida esa tuman aholisi etnografiyasi haqida eksponatlar oʻrin olgan. Muzeyning qishloq xoʻjaligi va tabiat boʻlimida ham eksponatlar mavjud.

Sayohatdan ko‘zlangan maqsad, jonajon vatanimizning turizm salohiyatidan keng foydalangan holda, xalqimizning boy madaniy tarixi haqida hikoya qiluvchi qadimiy obidalar, ziyoratgohlar bilan yaqindan tanishtirish va dunyoqarashlarini kengaytirish hamda ichki turizmni rivojlantirishga bevosita hissa qo‘shishdan iborat.
Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi