Bolalik-hayot ummonining musaffo sarchashmasi!
Tashriflar soni: 116

May 31, 2024

    2024-yil 31-may kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan  1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan «Alyonka» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga jajji bolajonlar kitobga oshno bólib ulĝayishi uchun rus tilidagi ertak kitoblar jamlanmasi etkazib berildi.

«Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» 1925 yilda Jenevada bolalar farovonligi bo‘yicha butunjahon konferensiyasida eʼlon qilingan. Shundan buyon, jahonning ko‘plab mamlakatlarida 1-iyun kuni nishonlanadi.

 O‘zbek xalqi ham azal-azaldan bolajon. Yurtimizning qaysi bir go‘shasiga bormang, bolalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarning guvohi bo‘lasiz. Istiqlol yillarida mamlakatimizda bolalar manfaatlarini himoya qilishga alohida eʼtibor qaratildi. Yosh avlodni jismonan va maʼnan sog‘lom qilib voyaga yetkazish, farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.Bugun ham O‘zbekistonda bayram. Zero, bolalarni himoya qilish kuni bayramining maqsadi keng jamoatchilik diqqatini barcha o‘sib kelayotgan bolajonlarga ayniqsa, muammoli bolalarga, ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatlariga, baxtli bolalikka ega bo‘lishlariga va o‘z mamlakatining to‘la-to‘kis va xotirjam fuqarosi bo‘lib o‘sishlariga ishonch uyg‘otishdir.

Ertaklar har doim saboq beradi, bilmaganimizni o’rgatadi, bilganimizni takrorlab mustahkamlaydi. Ertaklar ko’pincha yaxshilik bilan tugaydi chunki ertak tinglovchilarning aksariyati kichik yoshdagi bolalar hisoblanadi.  Ertaklar tinglab va o’qib xotiramizni mustahkamlaymiz va yangi narsa bilib olish uchun xizmat qilishini axborot-kutubxona markazi mutaxassislari bolajonlarga ta’kidlab o’tdi.

Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

Bir asar tarixi!
Tashriflar soni: 39

📖 «Ёнаётган Бухоро » асарида хоразмшоҳлар давлатининг аянчли таназзули ҳақида сўз боради.

Ўз даврининг энг қудратли давлати бўлса-да, қай сабабларга кўра бу салтанатни Чингизхон бошлиқ мўғул қўшинлари мағлубиятга учратди?
Илм марказлари ҳисобланган, обод ва фаровон Бухоро ва Самарқанддек шаҳарлар нима учун вайрон қилинди?
Хоразмшоҳлар давлати қандай қилиб тарих саҳифаларидан йўқолди?…

📚 Асарни ўқиб, ана шу саволларга жавоб топишингиз мумкин.

⏳ Биз сизни кутмоқдамиз!

📌📕📗 Манзил: Ромитан тумани Ахборот-кутубхона маркази

Adib, jurnalist va tarjimonJo’ra Fozilning 75 yoshga to’lishioldidan uning qalamiga mansub chopetilgan kitoblarning bir qismi.
Tashriflar soni: 41
Jadid adabiyoti namoyandalari!
Tashriflar soni: 41

    Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida  2024-yil 20-may kuni Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Romitan tuman bo’linmasi, Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetining amaliyotchi talabalari  bilan hamkorlikda “Ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyat-larga  asoslangan kuchli maʼnaviyatga tayanamiz” gʻoyasi asosida Yangi Oʻzbekistonning maʼrifiy islohotlari va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligini targʻib qilish maqsadida Behbudiy, Abdulla Avloniy,Abdulla Qidiriy, Usmon Nosir,Cho’lpon  asarlari taqdimoti va davra suhbati o‘tkazildi.

     Davra suhbatida Axborot-kutubxona markazi xodimlari, amaliyotchi talabalari  ishtirok etdilar.

   Davra suhbatida Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo‘lishini, millati farzandlarini sharafga to‘lganlar qatorida  ko‘rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg‘oq farzandlari – «jadid adabiyoti namoyandalari»ni  bugun yana o‘z  kitobxonlari yodga oldi.

     Xalq maʼnaviyatini boyitish yo‘lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyunib yozgan, bu borada fidoyilik ko‘rsatgan, alaloqibat qatag‘onga uchraganlar haqida so‘z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Isʼhoqxon Ibrat siymolari ko‘z oldimizda gavdalanadi. Ular o‘z asarlarida ko‘targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo‘y ko‘rsatib turibdi.    «Jadid adabiyoti namoyandalari» ruknida tayyorlangan kitoblarimizni o‘qir ekan, kitobxon o‘zini shu vatanning ongli fuqarosi, vatani va millati taqdiri uchun masʼul inson sifatida namoyon qilishga o‘zida jurʼat topa olishlari ta’kidlab oʿtildi.

        Amaliyotchi talabalar «jadid adabiyoti namoyandalari» asarlarini , hayoti va ijodi ular yaratgan bebaho kitoblar haqida gapirib oʻtdilar. Oʿzlari oʻqigan  «Tanlangan asarlar» hamda «Hikoya,ocherk va hajviy to‘plami» yuzasidan bir-birlari bilan  savol-javoblar, munozara va baxslashuvlar olib bordilar.

     Talabalar Cho’lpon  asarlari, hayoti va ijodiga oid  videolavhalar tayyorlab ishtirokchilarga  namoyish etdilar.                 

Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

Inson huquqlari qonun himoyasida!
Tashriflar soni: 33

Konstitutsiyaviy huquq normalari jamiyatdagi eng muhim ijtimoiy masalalarni, ularning asoslarini tartibga soladi. Bular xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish jarayonidan kelib chiqadigan fuqaro-jamiyat-davlat o’rtasidagi munosabatlar hisoblanadi. Bir so’z bilan aytganda mamlakatimiz tarixining keyingi davri amaldagi

Konstitutsiya bilan bog’liq. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek: «Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi bo’lgan Konstitutsiyamiz yurtimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, O’zbekistonning xalqaro maydonda munosib o’rin egallashida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda»

Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

Oila- muqaddas dargoh!
Tashriflar soni: 55

• 15 мая в 15:20

2024-yil 15-may kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida Oila va xotin-qizlar bo’limi, Respublika Manaviyat va marifat markazi Romitan tuman bólinmasi, Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetining amaliyotchi talabalari hamda «Ibn Sino» MFY  bilan hamkorlikda  15-may –Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oila- muqaddas dargoh” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

    Davra suhbatida Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari, Buxoro davlat universiteti  Filologiya fakultetining amaliyotchi talabalari, «Ibn Sino «MFY faollari   ishtirok etdi.

    Davra suhbatida «Ibn Sino» MFY xotin-qizlar faoli H.Sultonova so’zga chiqib, maxallada yosh oilalarda sodir bolayotgan muammolar hamda ularni yechimlari yuzasidan  olib borilayotgan ishlar to’grisida ma’lumotlar berib o’tdi.

Butun dunyoda 1994 yildan beri 15-may sifatida nishonlanib kelmoqda. Ushbu kunning belgilanishidan maqsad oilaning ko‘plab muammolariga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishga qaratilgan.

    Har yili 15-mayda oilalardagi muammolarni odamlar, jamiyatlar va hukumatlar hal qilishi uchun qanday choralar ko‘rilishi kerakligiga oid xabarlar e’lon qilinadi. Shuningdek, bu kun mustahkam oilaviy birlik jamiyat va millatlarni mustahkamlashga qanday yordam berishini namoyish qilish kuni ham hisoblanadi.

  Zero, yurtimizda, qolaversa, Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

      Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan shoira H.Xudoyberdiyeva asarlari  taqdimoti o’tkazildi. Taqdimot davomida shoiraning to’liq asarlari to’plami 4  tomlik kitobi hamda durdona asarlari jamlangan kitobi  haqida ma’lumot berildi. Shoira kitoblarni o’qish barcha kitobxonlarga tavsiya etildi.

 Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetining amaliyotchi talabalari shoira H.Xudoyberdiyeva   hayoti –ijodi hamda “Muqaddas ayol” she’ridan parchalar aytib, shoira ijodi yana bir bor yodga olindi.

“Oila- muqaddas dargoh” mavzusida kitob ko’rgazma tashkil etilib, kitobxonlarga taqdim etildi.

Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

KITOBXON ONALAR KUNI!
Tashriflar soni: 37

Qimtinasan, astagina kòtarasan bosh,

Ming yillikdir kózingdagi jovdirgan yosh,

Gunohkorlar mingu bitta Senga tegar tosh,

Sen baribir muqaddassan,

Muqaddas Ayol!

H. Xudoyberdiyeva

2024-yil 14-may kuni har oyning 17-sanasi «Kitobxon onalar kuni» munosabati bilan Romitan tuman Axborot-kutubxona markazining «Xotira va Istirohat bog’i»da joylashagan óquv zalida Oila va xotin-qizlar bo’limi, Respublika Manaviyat va marifat markazi Romitan tuman bólinmasi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Mazkur «KITOBXON ONALAR KUNI!» tadbirida «Urganjiyon» MFY istiqomat qiluvchi kitobga oshno ona òz farzandlari bilan tashrif buyurdi va mutolaa qilgan asarlari yuzasidan kitob taqdimoti ótkazildi.

Darhaqiqat, ósib kelayotgan yosh avlodni tóĝri tarbiyalash birinchi darajadagi vazifalardandir. Chunki, yoshlar bizning kelajagimiz, ular ota-ona va ustozlar ishining davomchilari hisoblanadi.

«Zarafshon», «Qahramon», hamda «Afrosiyob» MFY da istiqomat qiluvchi kitobxon onalar «Xotira va Istirohat bog’i»da joylashagan Romitan tuman Axborot-kutubxona markazining òquv zaliga tashrif buyurib, kitob mutolaasi naqadar maroqli ekanligini, uni òqish davomida inson chinakam xotirjamlikni his qilishidek baxtni va kitobdan olgan taassurotlari bilan dildan òrtoqlashishdi.

Bundan tashqari «Toshrabot» MFYning «Qoraxoni» qishloĝida yashovchi Baqoyevlar hamda «Qahramon» MFY «Qahramon» qishlog’i da yashovchi Shokirovlar oilasiga tashrif buyurildi. Ushbu oilalar ayni vaqtda kitob hayotining mazmuniga aylangan zukko kitobxonlarimizdandir. Oilaning mehribon onasi ayni vaqtda òzi mutolaa qilayotgan badiiy asaridan olgan ma’lumotlar haqida fikr-mulohazalarini bildirib òtdi.

Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

XALQ OĜZAKI IJODIDA AYOLLAR TIMSOLI!
Tashriflar soni: 53

May 13, 2024

2024-yil 13-may kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetining amaliyotchi talabalari bilan birgalikda «Xalq oĝzaki ijodida ayollar timsoli» mavzusida davra suhbati ótkazildi. Òtkazilgan davra suhbatida kutubxona mutaxassislari xalq oĝzaki ijodiga mansub bólgan «Rustamxon», «Alpomish», «Kuntuĝmish», «Gòróĝli», «Ravshan»dostonlarida keltirilgan ayollarning ibo-hayoligi, gòzalligi, jasurligi tòĝrisida ma’lumotlar berishdi.

O’zbek xalq og’zaki badiiy ijodi o’zbek xalqining asrlar davomida ijodkor farzandlari tomonidan yaratilgan madaniy merosidir. Bu meros maqollar, matallar, latifalar, qo’shiqlar, ertaklar, dostonlar va boshqa janrlardagi asarlardan iborat. Xalqimiz og’zaki ijodining tarixiy ildizlari Markaziy Osiyoda yashab o’tgan turkiy xalqlarning mifik dunyoqarashiga borib taqaladi

Amaliyotchi talabalar ham dostonlarda keltirilgan ma’lumotlardan olgan fikr-mulohazalari bilan órtoqlashishdi. Darhaqiqat, xalq oĝzaki ijodidagi har bir doston ayollarning hayotida sabr va mardlik hamroh bólishida òrnak bóla oladigan asarlardir.

Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

Xotira bor ekan, millat barhayot!
Tashriflar soni: 43

Joriy yilning 8-may kuni “9 may – Xotira va qadrlash kuni” bayrami hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk Gʼalabaning 79 yilligi munosabati bilan Romitan tuman markazida joylashgan “Xotira va Istirohat bogʼi”da keng koʼlamli tadbir boʼlib oʼtdi.

Tadbirda tuman hokimi Umedjon Barnoev boshchiligida sektor rahbarlari, tuman hokimi oʼrinbosarlari, tumandagi tashkilot, korxona, muassasa xodimlari, yoshlar, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, nuroniy otaxonlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida tuman hokimi tashabbusi bilan “Xotira va Istirohat bogʼi”da qisqa davr ichida ikkinchi jahon urushida halok boʼlgan Oʼzbekistonlik, qolaversa tumanimiz jangchilari xotirasiga bagʼishlab “Motamsaro ona” haykali monumentining ochilish marosimi mehnat faxriylari hamda nuroniy otaxonlar ishtirokida boʼlib oʼtdi.Shundan soʼng, Davlat madhiyasi yangrab, “MOTАMSАRO ONА” haykali poyiga gulchambarlar qoʼyilib, hurmat bajo keltirildi.

Tadbirda Romitan tumani axborot-kutubxona markazi ham o’z kitob ko’rgazmalari bilan ishtirok etdi.

Kitob ko’rgazmadan joy olgan adabiyotlar kitobxonlar tomonidan zo’r qiziqish bilan qarshi olindi.

Romitan tuman axborot-kutubxona markazi

Ichki turizm-ham sayohat, ham ziyorat!
Tashriflar soni: 103

May 07, 2024

Joriy yilning 7-may kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Romitan tuman bo’linmasi hamda tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Ichki turizm-ham sayohat, ham ziyorat” mavzusida “Ma’rifat soati” tumandagi O‘lkashunoslar muzeyida o‘tkazildi.

Ziyorat turizmi – hozirgi kunda keng tarqalgan turizm sohasi hisoblanadi. Ziyorat turizmi mohiyatan ziyoratgohlarni ziyorat qilish jarayonidir. Odatda, ziyoratlar diniy maqsadlar uchun kunlar, haftalar yoki hatto oylar davomida olib boriladigan uzoq safarlarni tashkil qiladi. Ular butun bir sayohatni o‘z ichiga olib, e’tiqodli odamlar o‘z dinlari bilan munosabatlarini mustahkamlash uchun boradigan maskanlardir.

Romitan tuman «O’lkashunoslar» muzeyida xaritalar, fotosuratlar, muzey eksponatlari, buyuk shaxslarning obod etilgan ziyoratgohlari, Naqshbandiya tariqatiga tegishli buyumlar joylashgan. Etnografiya boʻlimida esa tuman aholisi etnografiyasi haqida eksponatlar oʻrin olgan. Muzeyning qishloq xoʻjaligi va tabiat boʻlimida ham eksponatlar mavjud.

Sayohatdan ko‘zlangan maqsad, jonajon vatanimizning turizm salohiyatidan keng foydalangan holda, xalqimizning boy madaniy tarixi haqida hikoya qiluvchi qadimiy obidalar, ziyoratgohlar bilan yaqindan tanishtirish va dunyoqarashlarini kengaytirish hamda ichki turizmni rivojlantirishga bevosita hissa qo‘shishdan iborat.

Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi