Xotira bor ekan, millat barhayot!
Tashriflar soni: 46

Joriy yilning 8-may kuni “9 may – Xotira va qadrlash kuni” bayrami hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk Gʼalabaning 79 yilligi munosabati bilan Romitan tuman markazida joylashgan “Xotira va Istirohat bogʼi”da keng koʼlamli tadbir boʼlib oʼtdi.

Tadbirda tuman hokimi Umedjon Barnoev boshchiligida sektor rahbarlari, tuman hokimi oʼrinbosarlari, tumandagi tashkilot, korxona, muassasa xodimlari, yoshlar, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, nuroniy otaxonlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida tuman hokimi tashabbusi bilan “Xotira va Istirohat bogʼi”da qisqa davr ichida ikkinchi jahon urushida halok boʼlgan Oʼzbekistonlik, qolaversa tumanimiz jangchilari xotirasiga bagʼishlab “Motamsaro ona” haykali monumentining ochilish marosimi mehnat faxriylari hamda nuroniy otaxonlar ishtirokida boʼlib oʼtdi.Shundan soʼng, Davlat madhiyasi yangrab, “MOTАMSАRO ONА” haykali poyiga gulchambarlar qoʼyilib, hurmat bajo keltirildi.

Tadbirda Romitan tumani axborot-kutubxona markazi ham o’z kitob ko’rgazmalari bilan ishtirok etdi.

Kitob ko’rgazmadan joy olgan adabiyotlar kitobxonlar tomonidan zo’r qiziqish bilan qarshi olindi.

Romitan tuman axborot-kutubxona markazi