Jadid adabiyoti namoyandalari!
Tashriflar soni: 44

    Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida  2024-yil 20-may kuni Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Romitan tuman bo’linmasi, Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetining amaliyotchi talabalari  bilan hamkorlikda “Ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyat-larga  asoslangan kuchli maʼnaviyatga tayanamiz” gʻoyasi asosida Yangi Oʻzbekistonning maʼrifiy islohotlari va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligini targʻib qilish maqsadida Behbudiy, Abdulla Avloniy,Abdulla Qidiriy, Usmon Nosir,Cho’lpon  asarlari taqdimoti va davra suhbati o‘tkazildi.

     Davra suhbatida Axborot-kutubxona markazi xodimlari, amaliyotchi talabalari  ishtirok etdilar.

   Davra suhbatida Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo‘lishini, millati farzandlarini sharafga to‘lganlar qatorida  ko‘rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg‘oq farzandlari – «jadid adabiyoti namoyandalari»ni  bugun yana o‘z  kitobxonlari yodga oldi.

     Xalq maʼnaviyatini boyitish yo‘lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyunib yozgan, bu borada fidoyilik ko‘rsatgan, alaloqibat qatag‘onga uchraganlar haqida so‘z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Isʼhoqxon Ibrat siymolari ko‘z oldimizda gavdalanadi. Ular o‘z asarlarida ko‘targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo‘y ko‘rsatib turibdi.    «Jadid adabiyoti namoyandalari» ruknida tayyorlangan kitoblarimizni o‘qir ekan, kitobxon o‘zini shu vatanning ongli fuqarosi, vatani va millati taqdiri uchun masʼul inson sifatida namoyon qilishga o‘zida jurʼat topa olishlari ta’kidlab oʿtildi.

        Amaliyotchi talabalar «jadid adabiyoti namoyandalari» asarlarini , hayoti va ijodi ular yaratgan bebaho kitoblar haqida gapirib oʻtdilar. Oʿzlari oʻqigan  «Tanlangan asarlar» hamda «Hikoya,ocherk va hajviy to‘plami» yuzasidan bir-birlari bilan  savol-javoblar, munozara va baxslashuvlar olib bordilar.

     Talabalar Cho’lpon  asarlari, hayoti va ijodiga oid  videolavhalar tayyorlab ishtirokchilarga  namoyish etdilar.                 

Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi