Bolalik-hayot ummonining musaffo sarchashmasi!

2024-yil 31-may kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan «Alyonka» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga jajji bolajonlar kitobga oshno bólib ulĝayishi uchun rus tilidagi ertak kitoblar jamlanmasi etkazib berildi.


«Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» 1925 yilda Jenevada bolalar farovonligi bo‘yicha butunjahon konferensiyasida eʼlon qilingan. Shundan buyon, jahonning ko‘plab mamlakatlarida 1-iyun kuni nishonlanadi.
O‘zbek xalqi ham azal-azaldan bolajon. Yurtimizning qaysi bir go‘shasiga bormang, bolalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarning guvohi bo‘lasiz. Istiqlol yillarida mamlakatimizda bolalar manfaatlarini himoya qilishga alohida eʼtibor qaratildi. Yosh avlodni jismonan va maʼnan sog‘lom qilib voyaga yetkazish, farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.Bugun ham O‘zbekistonda bayram. Zero, bolalarni himoya qilish kuni bayramining maqsadi keng jamoatchilik diqqatini barcha o‘sib kelayotgan bolajonlarga ayniqsa, muammoli bolalarga, ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatlariga, baxtli bolalikka ega bo‘lishlariga va o‘z mamlakatining to‘la-to‘kis va xotirjam fuqarosi bo‘lib o‘sishlariga ishonch uyg‘otishdir.


Ertaklar har doim saboq beradi, bilmaganimizni o’rgatadi, bilganimizni takrorlab mustahkamlaydi. Ertaklar ko’pincha yaxshilik bilan tugaydi chunki ertak tinglovchilarning aksariyati kichik yoshdagi bolalar hisoblanadi. Ertaklar tinglab va o’qib xotiramizni mustahkamlaymiz va yangi narsa bilib olish uchun xizmat qilishini axborot-kutubxona markazi mutaxassislari bolajonlarga ta’kidlab o’tdi.

Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi