XALQ OĜZAKI IJODIDA AYOLLAR TIMSOLI!

2024-yil 13-may kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetining amaliyotchi talabalari bilan birgalikda «Xalq oĝzaki ijodida ayollar timsoli» mavzusida davra suhbati ótkazildi. Òtkazilgan davra suhbatida kutubxona mutaxassislari xalq oĝzaki ijodiga mansub bólgan «Rustamxon», «Alpomish», «Kuntuĝmish», «Gòróĝli», «Ravshan»dostonlarida keltirilgan ayollarning ibo-hayoligi, gòzalligi, jasurligi tòĝrisida ma’lumotlar berishdi.



O’zbek xalq og’zaki badiiy ijodi o’zbek xalqining asrlar davomida ijodkor farzandlari tomonidan yaratilgan madaniy merosidir. Bu meros maqollar, matallar, latifalar, qo’shiqlar, ertaklar, dostonlar va boshqa janrlardagi asarlardan iborat. Xalqimiz og’zaki ijodining tarixiy ildizlari Markaziy Osiyoda yashab o’tgan turkiy xalqlarning mifik dunyoqarashiga borib taqaladi


Amaliyotchi talabalar ham dostonlarda keltirilgan ma’lumotlardan olgan fikr-mulohazalari bilan órtoqlashishdi. Darhaqiqat, xalq oĝzaki ijodidagi har bir doston ayollarning hayotida sabr va mardlik hamroh bólishida òrnak bóla oladigan asarlardir.
Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi