KITOBXON ONALAR KUNI!

Qimtinasan, astagina kòtarasan bosh,
Ming yillikdir kózingdagi jovdirgan yosh,
Gunohkorlar mingu bitta Senga tegar tosh,
Sen baribir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!
H. Xudoyberdiyeva
2024-yil 14-may kuni har oyning 17-sanasi «Kitobxon onalar kuni» munosabati bilan Romitan tuman Axborot-kutubxona markazining «Xotira va Istirohat bog’i»da joylashagan óquv zalida Oila va xotin-qizlar bo’limi, Respublika Manaviyat va marifat markazi Romitan tuman bólinmasi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Mazkur «KITOBXON ONALAR KUNI!» tadbirida «Urganjiyon» MFY istiqomat qiluvchi kitobga oshno ona òz farzandlari bilan tashrif buyurdi va mutolaa qilgan asarlari yuzasidan kitob taqdimoti ótkazildi.

Darhaqiqat, ósib kelayotgan yosh avlodni tóĝri tarbiyalash birinchi darajadagi vazifalardandir. Chunki, yoshlar bizning kelajagimiz, ular ota-ona va ustozlar ishining davomchilari hisoblanadi.


«Zarafshon», «Qahramon», hamda «Afrosiyob» MFY da istiqomat qiluvchi kitobxon onalar «Xotira va Istirohat bog’i»da joylashagan Romitan tuman Axborot-kutubxona markazining òquv zaliga tashrif buyurib, kitob mutolaasi naqadar maroqli ekanligini, uni òqish davomida inson chinakam xotirjamlikni his qilishidek baxtni va kitobdan olgan taassurotlari bilan dildan òrtoqlashishdi.


Bundan tashqari «Toshrabot» MFYning «Qoraxoni» qishloĝida yashovchi Baqoyevlar hamda «Qahramon» MFY «Qahramon» qishlog’i da yashovchi Shokirovlar oilasiga tashrif buyurildi. Ushbu oilalar ayni vaqtda kitob hayotining mazmuniga aylangan zukko kitobxonlarimizdandir. Oilaning mehribon onasi ayni vaqtda òzi mutolaa qilayotgan badiiy asaridan olgan ma’lumotlar haqida fikr-mulohazalarini bildirib òtdi.


Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi